27-mart kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov universitetda faoliyat olib borayotgan koreyalik o'qituvchilarni qabul qildi.
Muloqot chog'ida mutaxassislarga koreys tili va madaniyatini talabalarga o'rgatishda ko'rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirildi hamda kelgusida turli madaniy tadbirlar tashkil etish orqali Koreya davlati urf-odatlari, tarixi, ijtimoiy hayotini tanishtirilishi lozimligi ta'kidlab o'tildi.
O'z navbatida koreyalik mutaxassislar yaratilgan sharoitlar uchun universitet rahbariyatidan mamnun ekanliklarini ma'lum qildilar.