O‘zDJTU rektori ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar holidan xabar oldi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet jamoasi vakillari bilan birgalikda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.

Tashrif davomida rektor talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi sanitariya-gigiyena holati va xavfsizlik masalalari bilan yaqindan tanishdi. Talabalar bilan bevosita suhbatlashib, ularning o‘qishi, kundalik hayoti, yashash sharoitlari hamda mavjud ehtiyojlari yuzasidan fikr almashdi.
Muloqot davomida talabalarning taklif va mulohazalari tinglandi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov yoshlarning qulay va xavfsiz sharoitda yashashi, ta’lim olishi hamda ularning murojaat va takliflariga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, xonadon egalari bilan ham suhbatlashilib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xavfsizlik va tartib-qoidalarga rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
