O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov bugun ta’lim olayotgan talabalar holidan xabar olish maqsadida ularning istiqomat qilayotgan ijara uylariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari bilan tanishildi hamda ular bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida rektor, avvalo, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, elektrotexnika vositalaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, is gazidan zaharlanishning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, talabalarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish muhimligini qayd etdi.
Rektor talabalar nafaqat o‘qish jarayonida, balki darsdan tashqari vaqtlarda ham universitet e’tiborida bo‘lishini, ularning xavfsizligi va farovonligi doimo muhim masala ekanini alohida ta’kidladi.