Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston- 2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.

Shunga koʻra, OʻzDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj boʻlgan, eʼtibor talab etuvchi 25 nafar yoshlar biriktirilgan. 

5-aprel kuni universitet rektori I.Tuxtasinov poytaxtimizning Uchtepa tumaniga tashrif buyurdi va tumanning "Birlik", "Davlatobod" va "Katta Qa'ni" mahallasida boʻlib, u yerda istiqomat qilayotgan koʻmakka muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.

 

Mahalla guzarida yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashib, koʻmakka muhtoj yoshlarning ehtiyojini soʻradi hamda har oyda ularning holidan xabar olib, zarurat tugʻilgan barcha mahsulot va yordamlarni yetkazib berishini taʼkidladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube