O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida “Kelajak soati” tashkil etildi
Roman-german filologiyasi fakultetida “O‘zbek madaniyati” mavzusida Kelajak soati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda talabalarga o‘zbek milliy madaniyatining mazmun-mohiyati, uning tarixiy shakllanishi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning yoshlar ma’naviy kamolotidagi ahamiyati alohida yoritildi.

Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash, madaniy merosni asrab-avaylash va uni zamonaviy hayot bilan uyg‘un rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
“Kelajak soati” darsi fakultet dekani X. Xakimov tomonidan olib borilib, mavzuning dolzarbligi keng yoritildi hamda talaba-yoshlar milliy qadriyatlarga hurmat ruhida bo‘lishga chaqirildi.
Milliy madaniyatni o‘rganish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish — har bir ongli insonning muhim vazifasidir.