O‘zDJTU sport majmuasida “5 tashabbus olimpiadasi” Respublika final bahslari boshlandi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti sport majmuasi bugun mahallalar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha “5 tashabbus olimpiadasi” Respublika final bosqichi bahslariga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan saralangan kuchli mahalla jamoalari ishtirok etmoqda. Ular Respublika g‘olibligi uchun o‘zaro kurash olib bormoqda.
Qatnashchilar tasniflangan guruhlar asosida bahslarga kirishgan bo‘lib, musobaqaning hal qiluvchi bellashuvlari ertaga davom ettiriladi.
Eslatib o‘tamiz, “5 tashabbus olimpiadasi” yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijtimoiy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan muhim loyihadir.