O‘zDJTU talabalari “Eng kreativ g‘oya” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etdi

O‘zDJTU talabalari “Eng kreativ g‘oya” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan “Eng kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar tanlovning respublika bosqichida universitetimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Respublika bosqichida ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion yondashuvlari, kreativ fikrlari va istiqbolli loyihalarini Zoom platformasi orqali taqdim etdilar.

Tanlovda quyidagi talabalar ishtirok etdi:

 Xolmirzayeva Sevinch Sherzod qizi — Tarjimonlik fakulteti talabasi;

 Bobojonova Nodira Foziljon qizi — Ingliz tili 3-fakulteti talabasi;

 Qutbinov Axror Alisher o‘g‘li — Magistratura bosqichi talabasi.

Mazkur tanlov talaba-yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zDJTU jamoasi tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarni samimiy tabriklaydi va ularga kelgusidagi ilmiy, ijodiy hamda kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube