O‘zDJTU tomonidan faxriy unvon topshirildi

Kecha Germaniyada o‘tayotgan uchrashuvlar va muloqotlar doirasida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Prof. Ilxomjon Tuxtasinov
Germaniyaning Johannes Gutenberg universiteti professori, tilshunos va didaktika mutaxassisi Marion Grein xonimga
“O‘zDJTU Faxriy professori” unvonini topshirdi.

Mazkur unvon professor Marion Greinning so‘nggi 15 yildan ortiq vaqt davomida O‘zDJTUda nemis tilini xorijiy va ikkinchi til sifatida o‘qitish metodikasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, o‘qituvchilar uchun o‘tkazgan seminar-treninglari, CEFR talablari asosida yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratishdagi amaliy yordami, O‘zDJTU o‘qituvchilarining Germaniyada malaka oshirish dasturlarini tashkil etishdagi tashabbuslari uchun taqdim etildi.

Profesor Grein rahbarligidagi loyihalar natijasida O‘zDJTUda:

 nemis tili bo‘yicha zamonaviy o‘quv qo‘llanmalar yaratildi;
 o‘qituvchilar uchun muntazam metodik seminarlar yo‘lga qo‘yildi;
 Germaniyada malaka oshirish imkoniyatlari kengaydi;
 interfaol, neyrodidaktik va raqamli yondashuv asosida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi yangi metodlar joriy qilindi.

Rektor Prof. Ilxomjon Tuxtasinov professor Marion Greinni faxriy unvon bilan tabriklar ekan, kelgusida ham hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube