27-fevral kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori va rahbariyat vakillari tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga topshiriladigan taqdimot ko’rib chiqildi. 

O’zDJTU ning rahbar xodimlari va professor-o’qituvchilarini attestatsiyadan o’tkazish natijalari, universitet faoliyatini takomillashtirish, o’quv jarayoni bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, xalqaro hamkorlik va ilmiy tadqiqot sohalarida amalga oshiriladigan ishlar, ma’naviy-ma’rifiy va texnik bazani takomillashtirish yo’nalishidagi ishlar natijadorligi va maqsadli ko’rsatkichlar kabi masalalar haqidagi taqdimot mas’ullar tomonidan tahlil qilindi. 

Jarayon davomida rektor Ilxomjon Tuxtasinov taqdimotga kiritilishi kerak bo’lgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar borasida o’z takliflarini bildirdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube