OʻzDJTU ustozlari VII Madaniyatlararo Muloqot kunida ishtirok etishdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi o‘qituvchilari Gulnoz Tolibova va Shaxnoza Parpiyeva joriy yil 3-dekabr kuni Polshaning Silesiya universitetida o‘tkazilgan VII Madaniyatlararo Muloqot kunida o‘zbek milliy oshxonasini namoyish etishdi.

"Milliy taomlar — madaniy kod sifatida" shiori ostidagi tadbirda turli xalqlar vakillari o‘z milliy taomlari bilan qatnashdilar. O‘zbekistonlik ustozlar tayyorlagan milliy dasturxon ishtirokchilarga manzur bo‘lib, ularda mamlakatimizga tashrif buyurish va taomlarni o‘z manzilida tatib ko‘rish istagini uyg‘otdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube