OʻzDJTU va Fransiyaning Xalqaro birdamlik va taʼlim assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU) rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Xalqaro birdamlik va taʼlim assotsiatsiyasi (XBTA) prezidenti Filipp Burso oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki tomon oʻrtasida madaniy, taʼlim va akademik sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

 

 

Memorandumning asosiy maqsadlari:
1. Madaniy almashinuvni kuchaytirish;
Tomonlar oʻzaro madaniy tadbirlar, seminarlar va dasturlar tashkil etish orqali oʻz madaniyatlarini targʻib qilish va talabalar, oʻqituvchilar hamda yoshlar oʻrtasida almashinuvni rivojlantirishni maqsad qilgan.
2. Taʼlim sohasida hamkorlik;
OʻzDJTU va XBTA oʻrtasida taʼlim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
3. Loyihalar va dasturlar;
Tomonlar birgalikda ilmiy seminarlar, madaniy tadbirlar va oʻquv dasturlarini tashkil etish orqali oʻzaro manfaatdorlik sohalarida hamkorlik qilishni maqsad qilgan.

 

 

Hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari:
- Talabalar va oʻqituvchilarning madaniy va ilmiy dasturlarda ishtirokini kengaytirish.
- Oʻzaro madaniy tadbirlar, seminarlar va loyihalarni amalga oshirish.
- Taʼlim va madaniyat sohasida yangi dasturlar ishlab chiqish.

Hamkorlikni muvofiqlashtirish:
Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va monitoring qilish uchun OʻzDJTU tomondan rektor Ilxomjon Tuxtasinov va XBTA tomondan prezident Filipp Burso masʼul etib tayinlangan.

Ushbu memorandum Oʻzbekiston, Fransiya va xalqaro hamjamiyat uchun muhim boʻlgan madaniyat va taʼlim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Tomonlar kelajakda ham oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube