O‘zDJTU va Hindistonning Banastali Hindu University o‘rtasidagi akademik va madaniy almashinuv dasturi oldidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyatining vakillari Hindistonga safar qiladigan guruh bilan uchrashdi. Uchrashuvda safar oldidan talabalar va fakultet rahbarlariga yangi tajribalar orttirish, ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga amal qilish va samarali o‘qish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda ularga omad tilandi.

 

Safar quyidagi universitet vakillarini qamrab oladi:
 1. Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich – Tarjimonlik fakulteti dekani, guruh rahbari
 2. Erkaev Akromjon Normuhammadovich – Ofis registrator ma’lumotlar bazasi bo‘limi boshlig‘i
 3. Tuychiev Sobir Abdusodiqovich – Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori
 4. Ro‘ziboeva Nazira Qarshiboyevna – Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
 5. Ahmedova Anorxon Nasivali qizi – Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi dotsenti, 2-bosqich doktorant
 6. Shoquqqorova Guljamol Kamol qizi – Magistratura 1-bosqich talabasi
 7. Xasanova Durdona Adham qizi – Tarjimonlik fakulteti 1-bosqich talabasi
 8. Orifjonova Ibodaxon Tolibjon qizi – Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich talabasi
 9. Ungarova Dilafruz Aybek qizi – Tarjimonlik fakulteti 2-bosqich talabasi
 10. Abdushukurova Nigina Xasan qizi – Tarjimonlik fakulteti 1-bosqich talabasi
 11. Nabijonova Dilnavoz – Tarjimonlik fakulteti 2-bosqich talabasi

Safar 2025-yil 13–27 noyabr kunlari Hindistonda amalga oshiriladi. Uchrashuv davomida rektor talabalarga xorijda ta’lim olish jarayonida intizom va madaniyatga rioya qilish, akademik va madaniy tajribalarni orttirish borasida tavsiyalar berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube