O‘zDJTU vakillari 107-maktabga zamonaviy texnologiyalar topshirdi
11-mart kuni Uchtepa tumani hududida joylashgan 107-son umumta’lim maktabiga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining mas’ul professor-o‘qituvchilari hamda Amaliyot bo‘limi bosh mutaxassisi D. Musurmonov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish maqsadida maktabga zamonaviy texnik vositalar — elektron doska hamda televizor topshirildi.
Uchrashuv jarayonida maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar bilan samimiy muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida o‘quvchilarning kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlari, xususan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Maktab o‘qituvchilari bitiruvchi sinf o‘quvchilari orasida chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, o‘quvchilarga universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, fakultetlar hamda yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida maktab va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bitiruvchi o‘quvchilarni oliy ta’limga yo‘naltirish hamda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
