O‘zDJTUda 2024-2025-o‘quv yili boshlanishi oldidan talabalarni kutib olish jarayonlari boshlab yuborildi.

4-sentyabr kuni talabalarni turar-joy bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan maxsus shtabda universitet rahbariyati vakillari, barcha fakultet dekanlari, fakultetlarning  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutor va boshqa xodimlardan iborat jamoa universitetga turar joy so‘rab kelgan talabalarni qarshi oldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga universitet tomonidan ijara uylari taklif qilindi. Ular o‘zlariga ma’qul topgan xonadonlarga ijara uylariga olib borish uchun ajratilgan navbatchi avtomobillarda eltib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz: Universitetda tahsil olayotgan talabalar uchun bu yil universitet rahbariyati tomonidan 1300 dan ortiq ijara uylar bilan kelishuvlarga erishilgan  bo‘lib, o‘quv jarayonlari boshlanganga qadar talabalar mazkur xonadonlarga joylashishlari mumkin bo‘ladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube