O‘zDJTUda armrestling musobaqasi bo‘lib o‘tdi
14-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yigit va qizlar o‘rtasida armrestling sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Tadbirda talabalarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bellashuvlarda O‘zbekiston Armrestling federatsiyasi murabbiyi, xalqaro toifadagi sport ustasi Otabek Jabborov ham ishtirok etdi. Talabalar belgilangan vazn toifalari bo‘yicha chap va o‘ng qo‘llarda kuch sinashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va irodasini namoyish etdilar.
Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va jismoniy faolligini rag‘batlantirishga qaratildi.
2026-10-14 10-11