O‘zDJTUda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi

O‘zDJTUda “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi

5-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash hamda yosh mutaxassislarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishiga ko‘maklashish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tadbirni universitetning Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha prorektori Abdurahim Nosirov ochib berib, mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda munosib ish o‘rinlariga joylashishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

 



Yarmarkada turli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etib, talabalarni mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar, zamonaviy ish beruvchilar talablari hamda kasbiy rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirdilar. Jumladan, Abduvali Rustamov va Akmal Turayev, Abdulaziz Qoraboyev, Bahrom Razzoqov, Shohsanam Axmedova, Azizjon Keldiyorov hamda Shirin Rahimova o‘z tajribalari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir davomida talabalar ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot olib borish, bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari haqida batafsil ma’lumot olish, shuningdek, kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim kasbiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur yarmarka yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga puxta tayyorlash hamda universitet va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘ldi.

 


 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube