O‘ZDJTUDA ERON DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

O‘ZDJTUDA ERON DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Eron Axborot fanlari va texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (IranDoc) prezidenti, professor Mohammad Hassanzadeh boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zDJTUning Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Abduraxim Nosirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov hamda universitetning tegishli soha vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ikki muassasa o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tilshunoslik, filologiya, tarjima va ta’lim sohalarida ilmiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda hamkorlik memorandumini imzolash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube