O‘zDJTUda “Ijtimoiy faollik indeksi” doirasida kitobxonlik madaniyati test sinovlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda “Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholash mezonlari asosida universitetda kitobxonlik madaniyati bo‘yicha test sinovlari bugundan rasman boshlandi.
Mazkur sinovlar 2026-yil 12–14-may kunlari davomida fakultetlar kesimida belgilangan grafik asosida tashkil etilmoqda.
Test sinovlari talabalar tomonidan o‘qilgan badiiy adabiyotlar asosida ularning kitobxonlik madaniyati, mutolaa ko‘nikmalari, tahliliy fikrlash qobiliyati hamda ma’naviy salohiyatini aniqlashga yo‘naltirilgan.
“Ijtimoiy faollik indeksi” tizimi esa talabalarni faqat akademik ko‘rsatkichlar emas, balki ijtimoiy, ma’naviy va ma’rifiy faolligi asosida kompleks baholashni nazarda tutadi.
Mazkur jarayon grantlarni adolatli va shaffof taqsimlash hamda talabalarda kitobxonlik madaniyati va ijtimoiy faollikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Test sinovlari bugundan boshlab 2026-yil 14-mayga qadar davom etadi.
2026-05-14 10-38