O‘zDJTUda “Lotin tili va tibbiy terminologiya” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari bitiruvchilariga diplom va sertifikatlar topshirildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Lotin tili va tibbiy terminologiya” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga diplom va sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kurslar O‘zDJTU huzuridagi Pedagogik va psixologik tashxis ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan PhD, dotsent Isroilova Maqsuda Negmatullayevna rahbarligida tashkil etildi. O‘quv jarayonida tinglovchilar lotin tili va tibbiy terminologiya bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdilar.
Tantanali marosimda bitiruvchilarga diplom va sertifikatlar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektorlari nomidan topshirildi. Tadbir davomida kurs tashkilotchilari va professor-o‘qituvchilarning samarali faoliyati, tinglovchilarning bilim olish yo‘lidagi intilishi hamda erishgan natijalari alohida e’tirof etildi.
Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan marosim ishtirokchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi hamda ularning kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi motivatsiya bag‘ishladi.
2026-06-08 11-53