O‘zDJTUda magistrlik dissertatsiyalari himoyalari yakunlandi
2-iyundan 19-iyungacha O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining magistratura bosqichi talabalari o‘z dissertatsiyalarini himoya qildilar. Himoyalar universitetda mavjud bo‘lgan 19 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tashkil etilgan maxsus ilmiy kengashlar doirasida o‘tkazildi.
Dissertatsiyalar mavzularining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi. Talabalarning mustaqil ilmiy-tadqiqot olib borish ko‘nikmalari, tanlangan mavzuga yondashuvi va tahliliy fikrlash qobiliyati alohida e’tirof etildi.
Himoya jarayonlarini O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Ibragimov Nuriddin, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Zaripov Lochin Rustamovich hamda tegishli kafedra va fakultet rahbarlari kuzatib bordi.
Himoyalar belgilangan tartibda, ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga asoslangan holda tashkil etildi. Har bir magistrant o‘zining ikki yillik ilmiy izlanishlari yakunini samarali tarzda taqdim etdi.