O‘zDJTUda “Migratsiya va xorijiy tillarni o‘qitish markazi” ochildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Migratsiya va xorijiy tillarni o‘qitish markazi” ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur markaz xorijga ishlash uchun ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarni xorijiy tillarga o‘qitish, ularni zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

 

 

Markazda fuqarolar uchun xorijiy tillar bo‘yicha darslar bepul tashkil etiladi. Bu esa yurtdoshlarimizning til bilimini oshirish, ularni xorijdagi mehnat muhiti va talablariga tayyorlashda muhim imkoniyat yaratadi.

Tadbir davomida universitet rektori Ilhomjon To‘xtasinov so‘zga chiqib, markazning asosiy maqsadi va vazifalari haqida to‘xtaldi. U o‘z nutqida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni til bilimi va zarur amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu markaz fuqarolarni xalqaro mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlashda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar markazda tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, til kurslari hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Mazkur markaz yurtdoshlarimizning xorijiy tillarni o‘rganishi va xorijda samarali mehnat faoliyatini olib borishi uchun muhim imkoniyatlardan biri bo‘lishi ta’kidlandi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube