O‘ZDJTUDA “MILLIY QADRIYATLAR VA ULARNING MILLAT MA’NAVIYATIDAGI O‘RNI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

O‘ZDJTUDA “MILLIY QADRIYATLAR VA ULARNING MILLAT MA’NAVIYATIDAGI O‘RNI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda milliy an’ana va urf-odatlarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda universitet talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zDJTUning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev ochib berdi. Davra suhbatida Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi direktori, “Shuhrat” medali sohibi Mirzohid Xidirov G‘ayratovich hamda markaz psixologi Temirova Mahliyo Ro‘zimboy qizi mehmon sifatida qatnashdi.

Tadbir davomida Mirzohid Xidirov G‘ayratovich mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, milliy qadriyatlarning millat ma’naviyatidagi o‘rni, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarni asrab-avaylash masalalariga to‘xtaldi. Shuningdek, yoshlarning ma’naviy kamolotida milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosga hurmat va yuksak axloqiy fazilatlarning ahamiyatini ta’kidladi.

Davra suhbati davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish, milliy qadriyatlarning bugungi jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida fikr almashish imkoniga ega bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube