Navro‘z saylida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlari mamlakatimizning turli viloyatlariga xos tarixiy an’analar va milliy taomlarni tayyorlab, ularni mehmonlarga taqdim qildi.

Har bir hududning urf-odatlari asosida kuy-qoʻshiqlar ijro qilinib, sahna chiqishlari, raqslar namoyish etildi.

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati bilan birga fakultetlar tomonidan tayyorlangan dasturlarni tomosha qilib, ularga minnatdorlik bildirdi.
 
									 
  
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
         
		 
		 
		 
		 
		