Joriy yil 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti aʼzo davlatlari rahbarlarining 16-uchrashuvi”da volontyor-tarjimon sifatida ishtirok etadigan OʻzDJTU va Oʻzbekiston milliy universiteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalari uchun bugun
Tarjimon volontyorlar uchun tashkil etilgan oʻquv-seminarda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va tadbirni ochib berdi.
Uchrashuvda Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi K. Gadoyev va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi A. Mamadaliyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va davlat rahbarlari uchrashuvida volontyorlar ishtiroki borasida maʼlumot va tavsiyalar berdilar. Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.