OʻzDJTUda oʻquv yilini yakunlash bilan birga qabul jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish ham boshlab yuborildi. 

1-iyun kuni universitetda oliy taʼlim muassasasiga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha yigʻilish tashkil etildi.

Universitet rektori Ilxomjon Madaminovich boshchiligida tashkil etilgan mazkur yigʻilishda universitet rahbariyatining barcha vakillari ishtirok etdi.

Kutilayotgan qabul jarayonlarini tashkil etish masalasida barcha takliflar oʻrtaga tashlanib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eʼtirozli holatlarning oldini olish boʻyicha takliflar tinglandi. Shuningdek, rektor abituriyentlar yoshlar uchun qulay sharoitlarni yaratish, ular tomondan kelib tushadigan har qanday savollarga oʻz vaqtida javob berish boʻyicha tavsiyalar berdi.

 

Tayyorladi:Sarvinoz Iminjonova Axiz 2105

2024-06-04 03-55

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi