O‘zDJTUda “Rektor va yosh magistrantlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i N.Djusupov va magistratura 1-2-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida rektor talabalarga universitetdagi ta’lim jarayoni, xalqaro hamkorlik dasturlari, ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, shuningdek, talabalarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. U yoshlarni bilimli, izlanuvchan, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lishga chorladi.
Uchrashuvda prorektorlar hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, talabalarning o‘quv jarayoni, xalqaro ta'lim grantlari, amaliyot va boshqa dolzarb masalalarga oid savollariga javob berdilar.
Mazkur uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar uchun rahbariyat bilan bevosita fikr almashish hamda o‘z takliflarini bildirish imkoniyatini yaratdi.
