O‘zDJTUda sinxron tarjimonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sinxron tarjimonlar va tarjimonlik sohasi magistrantlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Tuxtasinov hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov ishtirok etdi.

Uchrashuvda sinxron tarjima ta’limini rivojlantirish, zamonaviy audio-kabinalar va tarjima laboratoriyalarini tashkil etish, talabalar sonini optimallashtirish hamda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh professor-o‘qituvchilar va magistrantlarning Buyuk Britaniya va boshqa xorijiy universitetlarda 6 oylik yoki 1 yillik stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv doirasida Malaka oshirish tarmoq markazi qoshida sinxron tarjimonlarni qayta tayyorlash markazi tashkil etish va tarjima sohasida milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy etish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Tarjimonlar va magistrantlar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Tadbir sinxron tarjima yo‘nalishida professional kadrlar tayyorlashni mustahkamlashga qaratilgan muhim amaliy muloqot bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube