O‘zDJTUda talaba-qizlar o‘rtasida basketbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida sportning basketbol turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqalarining universitet bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqada jamoalar o‘zaro kuch sinashib, sport mahorati, jamoaviy ruh va g‘alabaga bo‘lgan intilishni namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslardan so‘ng quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin – Tarjimonlik fakulteti jamoasi
2-o‘rin – Xalqaro jurnalistika fakulteti jamoasi
3-o‘rin – Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Angren shahar hokimi Alisher Rayimov tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.
Mazkur musobaqa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va yoshlarning jismoniy faolligini rag‘batlantirishga qaratildi.
