O‘zDJTUda talaba qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi

 2025-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari huzurida o‘tkazilgan majlisning 28-son bayoni 2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun “Talaba qizlarga nisbatan tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlarini oldini olish”ga qaratilgan psixologik tadbir o‘tkazildi.

 

 

Tadbirda fakultet dekani B. Qulmatov, Uchtepa tumani ichki ishlar xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik N. Sobirova, universitet ijtimoiy psixologi Z. Xayrullayeva, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari N. Djurayeva, M. Aripova, F. Ashurova, universitet psixologi Sh. Bo‘stonova hamda profilaktika inspektori M. Nurmuxamedova ishtirok etdi.

Tadbir davomida:

  • talaba-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish yo‘llari,
  •   bunday holatlarda murojaat etish mumkin bo‘lgan tashkilotlar va mas’ul shaxslar,
  •   psixologik yordam va huquqiy himoya bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar talaba-qizlar bilan muloqot olib borib, ularga zarur maslahatlar, huquqiy va psixologik ko‘nikmalarni yetkazdilar.

Bunday profilaktik tadbirlar O‘zDJTUda doimiy ravishda olib borilib, talaba-yoshlar, ayniqsa qizlarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube