O‘zDJTUda “UYG‘ONISH” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

2026-yil 9-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Eshonqulova Dilafro‘z Alisherovna tashabbusi bilan “Yosh olimlar” to‘garagi doirasida “UYG‘ONISH” loyihasi asosida uchrashuv tashkil etildi. Tadbir universitetning kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun “Faollar zalida” o‘tkazildi.

 

 

Uchrashuvda yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan spikerlar, jumladan “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibasi, BYD sohibasi O‘g‘iljeren Xaldurdiyeva ishtirok etdi. Spikerlar ilmiy maqola yozishda kitob mutolaasining ahamiyati haqida muhim fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbir davomida universitet psixologi ishtirokida interaktiv muloqot tashkil etildi. D. Eshonqulova tomonidan ikki soat davom etgan uchrashuvda “Ilmiy maqola yozish qoidalari” mavzusida taqdimot o‘tkazilib, talabalarga amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv nafaqat oflayn, balki onlayn tarzda ham kuzatildi. Ishtirokchilar ilmiy maqolalarni IMRAD talablari asosida yozish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Loyiha doirasida 400 nafardan ortiq yosh, bo‘lajak olimlar faol ishtirok etdi.

 

 
 
 
FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube