O‘zDJTUda xalqaro ta’lim hamkorligining navbatdagi muhim bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi

O‘zDJTUda xalqaro ta’lim hamkorligining navbatdagi muhim bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi

AQSh Elchixonasining RELO bo‘limi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “University English Teaching Essentials” loyihasi doirasida taniqli mutaxassis, professor Sara Ditrix (Sarah Dietrich) 21–22-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 3-fakultetida mehmon bo‘ldi.

Ikki kunlik tashrif Ingliz tili 3-fakulteti dekani Ilhom Xaydarov bilan uchrashuvdan boshlanib, unda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Tashrif davomida professor yosh o‘qituvchilarning darslarini bevosita kuzatib, ularning kasbiy rivojlanishi yuzasidan amaliy tavsiyalar berdi.

Shuningdek, mazkur jarayonda Fulbright o‘qituvchisi Monika Chjan (Monica Zhang) ishtirokida dars kuzatuvi tashkil etildi.

Dasturning navbatdagi bosqichida malaka oshirish kursi tinglovchilari va fakultet o‘qituvchilari uchun talabaga yo‘naltirilgan ta’lim, tushunarli input va output hamda to‘rt ko‘nikmani integratsiyalash masalalariga bag‘ishlangan mahorat darslari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Amerika ta’lim tajribasini mahalliy sharoitga samarali moslashtirish hamda talabalarning yozma ishlarini baholash masalalariga bag‘ishlangan maxsus mentorlik mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Bunday xalqaro uchrashuvlar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube