O‘zDJTUda “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi davom etmoqda
“Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika eko-chempionati doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida bunyod etilayotgan yangi bino hududida ham ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.
Mazkur ekologik aksiyada fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida hududni obodonlashtirish, yashil zonani kengaytirish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida ko‘plab ko‘chatlar ekildi. Ishtirokchilar tomonidan tabiatga e’tibor, ekologik madaniyatni rivojlantirish va yashil hududlarni ko‘paytirishga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.
Ushbu aksiya orqali hududning ekologik qiyofasi yanada yaxshilanib, yashil makonlar ko‘lami kengaymoqda.