O‘zDJTUda yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Kengaytirilgan kafedra Kengashi doirasida yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Seminar yig‘ilishida Samarqand davlat chet tillar universiteti tadqiqotchisi Amonova Dilafruz Shaxriyorxonovaning
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan
“Koreys va o‘zbek ayollar nasri poetikasi (Pak Kyong Ni va Saida Zunnunova ijodi misolida)”
mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi Jahon adabiyoti hamda Koreys filologiyasi kafedralari hamkorligida muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi mavzu doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlar, ularning dolzarbligi va ilmiy yangiligi haqida atroflicha ma’lumot berdi hamda ilmiy seminar a’zolarining savollariga asosli va batafsil javoblar taqdim etdi.
Yig‘ilish yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda ochiq himoyaga tavsiya etildi.