Paderborn universiteti bilan hamkorlik kelishuvini imzolagandan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi universitetning Chet tillari va Til o‘qitish markazi bilan tanishdi. Bu markaz talabalarga zamonaviy til o‘qitish metodikalari va xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorgarlik imkoniyatlarini taqdim etadi.
Shuningdek, delegatsiya universitet kutubxonasi (Bibliothek) bilan ham yaqindan tanishdi. Kutubxona keng ilmiy resurslar, zamonaviy o‘quv xonalar va raqamlashtirilgan axborot bazasiga ega bo‘lib, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali qo‘llab-quvvatlaydi.
Universitet kampusi bo‘ylab sayr davomida esa Paderborn Universiteti infratuzilmasi, laboratoriyalar, auditoriyalar va talabalar markazlari bilan tanishildi. Bu tashrif natijasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarida kelishuvga erishildi.
Shu bilan birga, xalqaro almashinuv dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va malaka oshirish kurslari doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilmoqda.