Parijda qo‘shma konferensiya: oliygohlararo 26 ta hamkorlik hujjatlari imzolandi
10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston – Fransiya ko‘prigi” mavzusida qo‘shma konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya doirasida ikki tomon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 26 ta shartnoma, bitim, “Yo‘l xaritasi, xalqaro loyiha va kelishuvlar imzolandi. Ular qo‘shma ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.