Joriy yilning 6-yanvar sanasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili ikkinchi fakultetida Oʻzbekiston respublikasi prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojatnomasi yuzasidan seminar tashkil etildi. 

Seminarda fakultet dekani Bazarov Zokir Mexriqulovich  dekan muovinlari, shuningdek fakultet oʻqituvchilari, tyutorlari ishtirok etishdi.

Seminarda Oʻzbekiston respublikasi prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi 
Murojatnomasi yuzasidan asosiy yoʻnalishlar, taʼlimga oid sohalar haqidagi maʼlumotlar oʻqituvchi xodimlarga yetkazib berildi.

Ushbu seminardan koʻzlangan maqsad yurtimizdagi siyosiy jarayonlardan barchani xabardor qilishdan iborat.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube