“Qalqon” jamoasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026-yil 19-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida universitetning “Qalqon” jamoalari bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Valijon Sa’diyev boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Uchrashuvda O‘zDJTU profilaktika katta inspektori, mayor Sherboyev Sanjar Tillaqobilovich hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor Madina Nurmuxamedova Xasanovna ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Qalqon” jamoasi a’zolari bilan huquqbuzarliklarning oldini olish, talaba-yoshlar o‘rtasida intizomni mustahkamlash, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, ijtimoiy-huquqiy muammolarning oldini olish va “Qalqon” jamoalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube