“Quvnoqlar va zukkolar: Rektor kubogi” ko‘rik-tanlovining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar: Rektor kubogi” ko‘rik-tanlovining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi, ishtirokchilarni ijodiy faoliyatga ilhomlantirdi va tanlovning qoidalari bilan tanishtirdi.
Mazkur bosqichda quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
1. Sharq filologiyasi fakulteti – “Kosmonavtlar”
2. Roman-german fakulteti – “TTQ”
3. Xalqaro jurnalistika fakulteti – “Aligarx”
4. Filologiya fakulteti – “Milliard”
5. Ingliz tili 2-fakulteti – “Jo‘ralar”
Jamoalar o‘z chiqishlarini uch asosiy shart bo‘yicha namoyish etdilar:
• Tanishtiruv: “Hammaning davri keladi, biznikichi”
• Biatlon
• Musiqiy chiqish: “Talabalarning bo‘sh vaqti, tyutorlarning ish vaqti”