QVZ: “Toshkent shahar hokimi kubogi” bellashuvi 

"Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida Poytaxt oliy taʻlim muassasalari QVZ jamoalari oʻrtasida joriy yilning 24-may kuni, soat 19:00 da, “Turkiston” sanʻat saroyining yozgi amfiteatrida “Quvnoqalar va zukkolar” koʻrik-tanlovining “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun ajoyib bellashuvi boʻlib oʻtadi.

 Bellashuvda Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar”, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin”, Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar” hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Atom” jamoalari ishtirok etadilar.

 Barcha poytaxt talaba-yoshlarini mazkur bellashuvda tomoshabin sifatida ishtirok etishga taklif etamiz. 

KIRISH MUTLAQO BEPUL 

2024-05-18 01-01

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi