“Registrator ofisi” faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

14-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Registrator ofisi”ni tashkil etish va samarali boshqarish mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda Front Office boshlig‘i A. Ahmedov va bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.

Seminarda zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida “Registrator ofisi” faoliyatini optimallashtirish, inson resurslarini samarali boshqarish va talabalar uchun ta’lim jarayoni xizmatlarini yanada qulaylashtirishga doir muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Muhokama etilgan masalalar quyidagilardan iborat bo‘ldi:
-Talaba va abituriyentlarga online va offline xizmat ko‘rsatish
-Haftalik hisobotlarni onlayn shakllantirish
-HEMIS tizimida buyruqlardan ko‘chirma berish
-O‘qishni ko‘chirishda talabalarni maslahat bilan ta’minlash

Seminar yakunida mas’ul mutaxassis tomonidan “Registrator ofisi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube