Rektor 4-Talabalar turar joyida — bir kecha davomida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” loyihasi doirasida 4-Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida rektor talabalar bilan bevosita uchrashib, ochiq va samimiy suhbatlar olib bordi.

Uchrashuv jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yashash sharoitlari va kundalik ehtiyojlari haqida fikr bildirdi. Rektor ularni diqqat bilan tinglab, ayrim muammolarni joyida ko‘rib chiqdi hamda tegishli masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Rektorning bir kecha davomida talabalar turar joyida qolishi talaba-yoshlar hayotini yaqindan o‘rganish, mavjud sharoitlarni tahlil qilish va ularni yanada yaxshilash borasida muhim qadam bo‘ldi. Bu esa talabalar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.