“Rektor kubogi” mini-futbol musobaqasi g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlandi

 

2025-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor kubogi” mini-futbol musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida final bosqichida yuqori sport mahoratini namoyon etgan jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi.

 

 

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Faol talabalarga tashakkurnomalar topshirdi.

 

 

1-o‘rin – Sport klubi jamoasi. G‘olib jamoa a’zolariga universitet tomonidan zamonaviy planshetlar topshirildi.

2-o‘rin – Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi
3-o‘rin – Tarjimonlik fakulteti jamoasi
4-o‘rin – Ingliz filologiyasi fakulteti jamoasi

 Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolariga esa qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

 

 

Shuningdek, musobaqani tashkil etishda faol ishtirok etgan murabbiylar va tashkiliy guruh a’zolariga ham planshetlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

Tadbirda, shuningdek, quyidagi tashkilotlar rahbarlari va vakillari faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar:
Toshkent shahar Uchtepa tumani 1-son sport maktabi
Toshkent shahar Uchtepa tumani 2-son sport maktabi
Toshkent shahar Chilonzor tumani sport maktabi
Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi

 

Mazkur musobaqa universitetda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube