18-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida 5-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan "Rektor va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rektori, universitet rahbariyati vakillari, yotoqxona xodimlari, talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va talabalarga universitet faoliyati, o‘quv dasturlari, yaratilgan qulayliklar, imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Talabalarni hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, giyohvand moddalar,diniy ekstremizm va turli xil oqimlarga aralashib qolmaslik uchun ogohlikka chaqirdi.
Ochiq muloqot asosida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini, talab va takliflarini berib, munosib tarzda javob oldilar.
Talabalarning muammolari o‘rganilib, yechimi borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar tomonidan qo‘shiqlar ijro etildi. Talabalar turar joyida eng namunali talaba, toza va ozoda xona, nominatsiyasi bo‘yicha bir guruh talabalar taqdirlandi.