Rossiya media maktabi tomonidan tashkil qilingan "Интер Новости" loyihasi doirasidagi Moskva shahrida o'tgan amaliyotda O'zDJTU Ingliz tili va adabiyoti 3-fakulteti 4-bosqich talabasi Alisherova Dilshoda ishtirok etdi. 

Treningga O'zbekiston bo'ylab 5ta jurnalist va bloggerlar saralanib, ularga televideniye va radio faoliyati ko'rsatildi. Soʻng rus tilida chet ellik jurnalistlar va u yerda faoliyat yuritadigan xodimlar tomonidan seminarlar tashkil qilindi.

Bu loyihaga qatnashish bepul va Rossiyada amaliyot o'tash tashkilotchilar tomonidan 100% qoplab berilgan. Loyiha davomida "Мир24," "BusinessFM," "Russian Radio," "RuTV" va boshqa ommaviy axborot vositlarida amaliyot o'tab, o'zlariga qiziq bo'lgan savollarga javob olishdi. Bundan tashqari, gid hamrohligida Moskva bo'ylab sayohat tashkillashtirildi.

Loyihaga faqatgina o'zbekistonliklar emas, balki Belarus, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Maldova va Ozarbayjondan ishtirokchilar ham jalb qilingan.

Amaliyot davomida Dilshoda media sohasidagi zarur bilim-ko'nikmalarni o'zlashtirib, ularni amaliyotda tatbiq etish usullarini o'rgandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube