RUS FILOLOGIYASI FAKULTETIDA ALEKSANDR FAYNBERG TAVALLUDINING 87 YILLIGIGA BAĞIŞLANGAN ADABIY KEÇA ÖTKAZILDI

RUS FILOLOGIYASI FAKULTETIDA ALEKSANDR FAYNBERG TAVALLUDINING 87 YILLIGIGA BAĞIŞLANGAN ADABIY KEÇA ÖTKAZILDI

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida taniqli şoir, tarjimon, Özbekiston xalq şoiri Aleksandr Faynberg tavalludining 87 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy xotira keçasi taşkil etildi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Madaminoviç Tuxtasinov kiriş sözi bilan oçib, Aleksandr Faynbergning özbek va jahon adabiyotida tutgan örni, boy ijodiy merosi hamda özbek adabiyoti rivojiga qöşgan beqiyos hissasini alohida eʼtirof etdi.

 



Adabiy keça davomida Rus filologiyasi fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan şoirning hayoti va ijodiy faoliyatiga bağişlangan sahna körinişlari, şeʼriy kompozitsiyalar hamda badiiy çiqişlar namoyiş etildi. Talabalarning ijodiy çiqişlari orqali Aleksandr Faynberg şeʼriyatida aks etgan insoniy qadriyatlar, Vatanga muhabbat, ezgulik va hayot falsafasi keng yoritildi.

Tadbirning faxriy mehmoni sifatida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasidan taşrif buyurgan, Aleksandr Faynbergning dösti va maslakdoşi, şoir Rufat Gumerov iştirok etdi. U şoir bilan boğliq xotiralari bilan örtoqlaşib, uning ijodiy qaraşlari, insoniy fazilatlari va adabiy muhitdagi örni haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

 


Mazkur adabiy-maʼrifiy tadbir buyuk ijodkor xotirasiga hurmat bajo keltiriş, yoş avlod qalbida adabiyotga mehr uyğotiş, talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etiş hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng tarğib qiliş maqsadida taşkil etildi.
 


Aleksandr Faynbergning boy ijodiy merosi — avlodlar qalbida yaşaydigan, vaqt sinovidan ötgan bebaho maʼnaviy boylikdir.
 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube