RUS FILOLOGIYASI FAKULTETIDA BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI O‘TKAZILMOQDA
Ayni damda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Rus filologiyasi fakultetida Karyera markazi va Registrator ofisi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Yarmarkada talabalar va bitiruvchilarga o‘z mutaxassisligi hamda qiziqishlariga mos ish o‘rinlarini topish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish va mavjud vakansiyalar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.
Tadbirda Vacandi.uz, Teach for Uzbekistan, Singapore International School, Louvre Academy hamda boshqa tashkilotlar ishtirok etib, talabalar va bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etmoqda.
Yarmarka jarayonlari ayni vaqtda davom etmoqda.
2026-09-18 12-41