Seleksiya musobaqalari davom etmoqda
Bugun universitetimiz 2-kurs talaba-yigitlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha seleksiya musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqa orqali yaqinlashib kelayotgan nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirish hamda yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish koʻzda tutilgan.
taʼkidlash joizki, musobaqa mobaynida universitet terma jamoasi uchun yangi nomlar kashf etildi.