22-dekabr kuni Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi tomonidan SCOPUS VA WEB OF SCINCE baʼzasiga kirgan indeksatsiyalangan jurnallariga maqola yozish, tayyorlash taqdim qilish muammolariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor, filologiya fanlari doktori, professor Nasirov Abduraxim Abdumutalibovich, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, filologiya boʻyicha falsafa doktori Otabek Yakubovich Yusupov, filologiya fanlari doktori professor, Boqiyeva Gulandon Xisamovnalar qatnashib seminarni kirish qismini ochib berdilar.


Shundan soʻng, Turkiyaning Karadengiz politexnika universiteti dotsenti, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori MUSA YOVUZ ALPTEKIN SCOPUS va WEB OF SCINCE jurnallariga maqola yozish, tayyorlash va taqdim qilish mavzusida taqdimot qildi. 


Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi Eshbayev Oybek Alik oʻgʻli Effective manuscript writing for scopus and web of science journals mavzusi toʻgʻrisida taqdimot qildi. Tabiiy fanlar kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Hushvaktova Husnobod Salievnaning “Pisat ili ne pisat statyu v skopus” mavzusi boʻyicha taqdimoti katta qiziqish bilan tinglandi.


Tarjimonlik fakulteti, ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Axmedova Anorxon Nasvali qizi tomonidan KORPORATIV POCHTA ORQALI “GOOGLE SCHOOLAR”da akkaunt ochish va uni ORCID bilan bogʻlash mavzusida maruza qildi.


Seminar savol javoblarga boy tarzda oʻtdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube