23-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi "Medialingvistika markazi"da "Diplomatiyada madaniyatlararo kommuniktasiyaning o'rni" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Treningda diplomatlar faoliyatida madaniyatlararo kommunikatsiyaning o'rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar bilan fikr almashinib, ularning kelajakdagi diplomatlik faoliyati jarayonida zarur bo’lgan bilimlar va ma’lumotlar ulashildi.
Seminar-trening davomida, talabalar bilan qiziqarli savol-javoblar, fikr almashish va ustozlar bilan ushbu masalalar bo’yicha muhokama olib borildi.
Tadbir yakunida, fakultet dekani Amrullo Karimov kafedra professor-o’qituvchilariga bu kabi foydali treninglar uchun minnatdorchilik bildirib xalqaro jurnalist sifatidagi o’zining tajribalari bilan bo’lishdi.