Sirtqi va kechki ta’lim fakultetining yillik hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi
1-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Sirtqi va kechki ta’lim fakulteti dekani tomonidan 2024–2025 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan yillik hisobot taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda quyidagi yo‘nalishlar kesimida fakultet faoliyati tahlil qilindi:
• o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar;
• ilmiy tadqiqotlar va chop etilgan maqolalar;
• xalqaro hamkorlik doirasidagi tashriflar, loyihalar va almashinuv dasturlari;
• ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
• moddiy-texnik ta’minot;
• o‘tgan o‘quv yilidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar;
• 2025–2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlar va rivojlanish rejasi.
Mazkur hisobot OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor V.A. Sadiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ch. Chutpulatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Y. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.A. Nasirov va moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor M.S. Xamrayev ishtirokida tinglandi.
Taqdimot davomida fakultetning yillik faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, universitet taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi alohida qayd etildi. Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusi o‘quv yilida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.